Urugvay U-20 terma jamoasi sardori Qatar klubiga o'tdi

Sherzod Nurmatov
19 sen 2023, 17:17
Urugvay U-20 termasi sardori va "Liverpul" Montevideo klubi yarim himoyachisi Fabrisio Dias Qatar chempionatiga ko'chib o'tdi.

"Barselona" va "Liverpul" safiga qo'shib olmoqchi bo'lgan 20 yoshli urugvaylik futbolchi "Al Garafa" klubi futbolchisiga aylandi. Shartnoma 5 yilga tuzilgan, uning tovon puli 50 million dollarni tashkil qiladi.

Dias 2023 yilda "Liverpul" Montevideo tarkibida 16 ta o'yin o'tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: algharafa.qa