Unai Simon: "Marokashga mag'lub bo'lib, turnirdan chiqib ketishimizni kutmagandik"

Mirjalol Normatov
7 dek 2022, 00:26
Ispaniya termasi posboni Unai Simon JCH-2022dan chiqib ketish haqida gapirdi.

"120 daqiqa davomida raqibdan ustunlik qildik deb hisoblayman. Biroq gol urmaganimizdan keyin bu gaplarning asosi bo'lmaydi. Seriyada esa raqiblar bizdan yaxshiroq harakat qilishdi va chorak finalga chiqishdi.

Ushbu chempionatda syurprizlar juda ko'p bo'lmoqda. Biz ham bundan qochib qutula olmadik. Marokashdan mag'lub bo'lib, turnirni tark etamiz deb o'ylamagandik. Biroq shunday bo'ldi va uyga qaytamiz", - dedi posbon.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal