Unai Simon: "Adolatli futbol, biz haqiqiy g'oliblarmiz"

Mirjalol Normatov
3 iyul 2021
Ispaniya termasi posboni Unai Simon jamoasining Shveytsariya ustidan qozongan g'alabasi haqida gapirdi.

"Adolatli futbol, biz haqiqiy g'oliblarmiz. "Betis"ga qarshi o'yinda ham ikki marta penalti qaytarganman. Ammo bu bolaligimda bo'lgandi.

Qo'limdagi eng yaxshi futbolchi uchun sovrinni Yan Zommerga bergan bo'lardim. U bugun mardonavor o'yin namoyish qildi", - dedi darvozabon.

Ispanlar final ostonasida Belgiya yoki Italiya termasi bilan kuch sinashishi kerak bo'ladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia