

- Janob Radmanovich, hozirgi vaqtda Fabio Kannavaroning O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanishi keng muhokama qilinmoqda. Siz ham bundan xabardorsiz. Ushbu yangilik haqida qanday fikrdasiz?
- Biz bu haqda hech nima bilmaymiz.
- Demak, siz ham ushbu yangilikni OAV orqali bildingiz, to'g'rimi?
- Ha. Biz ham hech nimadan xabardor emasmiz. Nima bo'lishini bilmaymiz. U yaqin kunlarda kelishini eshitdim.
- O'FA sizlarni, yani amaldagi murabbiylar shtabini ushbu ishlar haqida ogohlantirdimi? O'FA sizlarni xabardor qildimi?
- Bu sir bo'la qolsin va men ushbu sirni ayta olmayman. Kannavaro balki kelar, balki kelmas. Bu hali aniq emas va nima bo'lishini hech kim bilmaydi.
- Demak, sizningcha muzokaralar hali tugaman to'g'rimi?
- Ha.
- Kapadze boshchiligidagi murabbiylar shtabi terma jamoani Malayziyadagi o'rtoqlik o'yiniga olib boradimi yoki bunga qadar yangi murabbiy tayinlanadimi? O'FA amaldagi murabbiylar shtabi uchun Malayziyaga aviachipta olganmikin?
- Barchasi dushanba kuni hal bo'ladi. Men hozircha hech qanday ma'lumotga ega emasman.




