

Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakati vakili turnirning ikkinchi turi doirasidagi Malayziyaga qarshi uchrashuvning 17-daqiqasida hakam tomonidan ogohlantirildi.
Himoyachi ilk turda Kuvaytga qarshi bellashuvning 65-daqiqasida ham sariq kartochka bilan jazolangandi.
Shu bois, Van Kuong guruh peshqadamini aniqlab beradigan o'yinda diskvalifikaciya sabab maydonga tusha olmaydi.
Shuningdek, Kuvaytga qarshi 1-tur uchrashuvining 12-daqiqasida jarohat olib, maydonni tark etgan hujumchi Nguen Din Bak ham jamoasiga yordam bera olmasligi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Vetnam O'zbekiston bilan bir xil - 6 ochko jamg'argan holda to'plar nisbatiga ko'ra, 2-o'rinda bormoqda.
Jamoalar o'rtasidagi 3-tur uchrashuvi 23 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadi.



