Vetnam U-23 bosh murabbiyi Gun O-Gyun: "G'alaba qozonishni Koreyadan ko'ra ko'proq xohlagandik"

Administrator
6 iyun 2022, 14:05
U-23 Osiyo kubogi ikkinchi turidan o'rin olgan Vetnam U-23 va Koreya Respublikasi U-23 o'rtasigi uchrashuvda durang (1:1) qayd etildi.

O'yindan keyingi matbuot anjumanida Vetnam U-23 bosh murabbiyi Gun O-Gyun qatnashdi. 

- O'yin haqidagi fikrlaringiz

- Durang natija qayd etilganiga qaramay, menga o'yin yoqdi. Futbolchilarimga rahmat. Muxlislardan esa uzr so'rayman. Vetnam musobaqaga etarlicha tayyorgarlik ko'rmadi. Shunga qaramay, yaxshi o'yin ko'rsatyapmiz. Muxlislardan aynan shuning uchun uzr so'radim. 

- Durang natija qayd etilishini o'yindan oldin kutganmidingiz?

- Yo'q, kutmagandim. Umuman olganda, barcha o'yin durangdan boshlanadi. Biz Koreya bilan durang o'ynashimiz kerak emasdi. Men g'alaba qozonishimiz kerakligini ta'kidlab kelgandim. 

- Durangdan qoniqmadim dedingiz. Ammo Koreya musobaqagi eng kuchli jamoalardan biri…

- O'yin tugagach hech kim o'zini kuchliroq deb his qilmadi. Koreya kuchli va tajribali jamoa. Ular ajoyib o'yin ko'rsatishdi. Ammo biz ham ulardan yomon o'yin ko'rsatmadik. G'alaba qozonishni biz ko'proq xohladik. 

- Koreya kuchli jamoa. Ammo Vetnam yaxshiroq o'ynadi. Sizlardagi ishonch qachon paydo bo'ldi? 

- Mashg'ulotlardayoq o'yinchilarimda ishonch yuqori edi. Men shunchaki kerakli ko'rsatmalarni berdim. Bugun ulardagi ishonchni ko'rib, o'zim ham biroz ajablandim.

- Malayziyaga qarshi bo'ladigan hal qiluvchi uchrashuvga qanday tayyorgarlik ko'rasizlar?

- Futbolchilarim birinchi o'yindayoq musobaqaga, iqlimga moslashib olishgandi. Bugun tarkibda ko'p o'zgarishlarni amalga oshirdim. Keyingi o'yinga tayyormiz. Bizning futbolchilar judp kuchli. Ularda qayta tiklanish jarayoni tez kechadi

- Pan Tuan Tai juda kuchli o'yin ko'rsatmoqda. Uchinchi uchrashuvda raqib aynan uni zararsizlantirishga urinmaydimi? Nima deb o'ylaysiz?

- Bizda kuchli o'yinchilar ko'p. Tai ham shu kabi o'yinchilardan biri. Birinchi o'yinda barcha futbolchilar kuchli o'yin ko'rsatishdi. Bu esa menga yoqdi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia