"Dubai Cup-2022". Jaloliddinovning jarimadan urgan super goli O'zbekiston U-23 ga Vetnam U-23 ustidan g'alaba keltirdi

Sherzod Nurmatov
29 mar 2022, 20:36
O'zbekiston OTJ "Dubai Cup" musobaqasi doirasidagi navbatdagi o'yinida qatnashdi.

Unda Timur Kapadze shogirdlari minimal hisobda g'alaba qozonishdi. Vakilliramizning yagona to'pi muallifi "Qayrat"da to'p tepayotgan Jasur Jaloliddinov bo'ldi. U belgilangan jarimadan ustamonlik bilan foydalanib, termamizga turnirdagi ilk g'alabani olib keldi.  Uning golini ushbu havola orqali tomosha qiling.

Vetnam U-23 – O'zbekiston U-23

Gol: Jasur Jaloliddinov 67'

O'zbekiston U-23 tarkibi: Shukron Yo'ldoshev, Alibek Davronov, Muhammadqodir Hamraliev, Saidazamat Mirsaidov, Eldor Begimov, Muhammadaziz Ibragimov, Diyor Xolmatov, Jasurbek Jaloliddinov, Otabek Jo'raqo'ziev, Husayn Norchaev, Ruslan Jiyanov

O'zbekiston U-23 terma jamoasi turnirdagi dastlabki o'yinida Saudiya Arabistoniga 0:2 hisobida yutqazgan bo'lsa, uch kun oldin BAA bilan durang o'ynagandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia