

Sergey Chigodaev shogirdlari bugun chempionatdagi ilk uchrashuvlarida maydonga tushishadi. Bugun o'smirlarimiz hindistonlik tengdoshlariga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da “King Abdullah Sports City” majmuasining “Hall Stadium” maydonida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Sergey Chigodaev shogirdlari ilk turda Shimoliy Koreya bilan bahs olib borishi kerak edi. Biroq raqibning turnirda ishtirok etishdan voz kechgani sababli o'yin bekor qilingan.
Ma'lumot uchun, o'smirlarimiz bugungi uchrashuvda g'alaba qozonsa, joriy yil Qatarda bo'lib o'tadigan JCH yo'llanmasini naqd qiladi.



