U-17 Osiyo Kubogi. O'zbekiston o'smirlari Janubiy Koreyani uyiga jo'natdi va yarim finalga yo'l oldi

Iskandarov Abdulaziz
16 may 2026, 20:42
U-17 Osiyo Kubogi chorak finalidan o'rin olgan O'zbekiston - Janubiy Koreya uchrashuvi bo'lib o'tdi.

U-17 Osiyo Kubogi. Chorak final.

O'zbekiston - Janubiy Koreya 2:2 (5:3)

Jidda “King Abdullah Sports City Pitch” stadioni

Hakamlar: Du Jiansin (Xitoy), Tang Chao (Xitoy), Pattarapong Jisatrit (Tailand),
- Rivat Jumpaon (Tailand).

Gol: Mun Ji Xvan 21, Ahror Ravshanbekov 41 45+2, An Sun Xyun 88

O'zbekiston: Olimjon Shamuratov ( Mehrojbek Sirojiddinov, 90+4), Muhammad Hakimov (s), Amirxon Erkinov, Islom Ravshanov, Mirkomilbek Murodov, Suxrob Sadirjonov (Abdisoliev Mashhurbek., 74), Mirajamol Anvarov, Adis Abdunabiev (, Jahongirmirzo Uktamboev, 74), Axrorbek Ravshanbekov, Laziz Abduraimov (Rustam Aliev, 63) Abubakir Rahimov.

Zaxira: Muhammadaziz Ruziboev, Elsevarbek Olimov, Muhammadodilxon Orifxonov, Nurmuhammad UktamovFarruh Haitovmurodov, Abdulvori Zoidonov,

Janubiy Koreya: Choy Ja hyok, Seong Minsu, Jung Havon, An Juvan, Han Seungmin, Nam Ian, An Sunhyun, Mun Jixvan, Kang Musung, Choy Minjun (s), Mun Yuno.

Zaxira: Jang Junyoong, Park Jixu, Choy Geonmin, Kim Jivu, Kim Jixo, Li Seungxva, Lim Yunxo, Ko Xunmin, Park Kyunghun, Li Invu, Kim Texo.

Ogohlantirish: Xan Seung Min (Janubiy Koreya) 30, Amirxon Erkinov (O'zbekiston) 50, Mashhubek Abdisoliev (O'zbekiston) 87

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi penaltilar seriyasida 5:3 hisobida Janubiy Koreyani engdi va yarim finalga yo'l oldi.

O'yinning asosiy daqiqasida durang qayd etildi. Navbat penaltilar seriyasiga.

90+4. O'ZGARISH. O'zbekiston terma jamoasi posboni Olim Shomurodov o'rniga Mehrojbek Sirojiddinov tushdi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. GOL. Janubiy Koreya hisobni tenglashtirdi, 2:2.

87. OGOHLANTIRISH. Mashhurbek Abdisoliev, O'zbekiston

80. UUUUX. Muhammad Hakimov to'pni darvoza chizig'i ustidan qaytardi. Raqib bosimni va tezlikni oshirdi. Ketma-ket hujumlar, to'sin, himoyachilar, darvozabon….

78. Darvozabonimiz Olimjon Shomurodovdan ajoyib seyv. Raqibning kuchli zarbasini kiperimiz qaytardi.

74. O'ZGARISH. O'zbekiston, Adis Abdunabiev o'rniga Jahongirmirzo O'ktamboev, Suhrob Sadirjonov o'rniga Mashhurbek Abdisoliev tushdi.

68. ZARBAA. Suhrob Sadirjonov qanotdan kirib borib zarba berdi. Darvozabon to'pni ushlab oldi.

63. O'ZGARISH. O'zbekiston, Laziz Abduraimov o'rniga Rustam Aliev, Amirxon Erkinov o'rniga Muhammadjon Mamatov tushdi.

54. O'ZGARISH. Janubiy Koreya Mu Ji Xvan o'rniga Kim Ji Xu tushdi.

50. OGOHLANTIRISH. Amirxon Erkinov, O'zbekiston. 

47. O'yinda temp yuqori. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

45+2. GOOOOOOOOOOOOOOOL. Tanaffusga g'olib sifatida yo'l oladigan bo'ldik. Ahror Ravshanbekov aniq zarba bilan koreyalik darvozabonni dog'da qoldirdi, 2:1

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

41. GOOOOOOOOOOOOOOOL. Aytganimizdek bu harakatlar samarasiz yakunlanmadi. Koreyalik darvozabon to'pni qo'lidan chiqarib yubordi. Ahror Ravshanbekov bu vaziyatda tayyor edi va to'pni darvozaga kiritib yubordi.

37. O'zbekistonlik o'smirlar muvozanatni tiklash uchun harakat qilmoqda. Raqib yaxshi himoyalanyapti.

30. OGOHLANTIRISH. Xan Seung Min, Janubiy Koreya

29. Yana Sadirjonovda imkoniyat yuzaga kelgandi. Uning zarbasi golga aylanmay qoldi. 

26. QANDAAAY VAZIYAYAYAYAT? Raqib jarima maydonchasi ichida Suhrob Sadirjonovga sovuqqonlik yetishmadi. U qulay imkoniyatdan foydalana olgani yo'q. 

21. GOL. Janubiy Koreya o'smirlari darvozamizni ishg'ol qildi. Chap qanotdan uzatmadan so'ng himoyadagi palapartishlikdan Mun JinXvan foydalanib ketdi, 0:1. 

10. Suhrob Sadirjonovning oldinga yurishi samarasiz yakun topdi. 

7. Raqiblar pressingda yaxshi harakat qilyapti.

3. O'zbekiston terma jamoasi jarima zarbasini amalga oshirdi. Anvarovning zarbasi noaniq. 

  • O'yinga start berildi.

  • Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa shay. 

  • Jamoalar maydonga chiqib keldi. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia