Turkiya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Оқил Абдубарноев
21 sen 2023
Turkiya terma jamoasini Vinchenco Montella boshqaradi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar berdi.

Montella bilan kelishuv 2026 yilning 31 iyuliga qadar amal qiladi.

Murabbiy bundan avval “Adana Demirspor”da ishlagan. 49 yoshli italiyalik mutaxassis jamoani 2021 yildan 2023 yilgacha boshqargan. 2022/23 yilgi mavsumda uning boshchiligida jamoa Turkiya Superligasida 4-o'rinni egalladi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: tff.org