
"Klublar 17 avgust kuni soat 17:50 da uzil-kesil kelishib olishdi. Bonuslarni qo'lga kiritish "Lokomotiv" uchun bajarish qiyin bo'lgan shartlarga bog'liq: chempionlik, to'purarlik muvaffaqiyatlari va hokazo. Shuningdek, klublar 25 mln evro ikki yil davomida bo'lib-bo'lib to'lanishiga kelishib olishdi", - deya qo'shimcha qildi "Chempionat" manbasi.
O'tgan mavsumda Batrakov barcha turnirlarda 36 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol va 12 ta golli uzatma bilan ajralib turdi. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 28 mln evroni tashkil etadi.