

"Shuni tasdiqlashimiz mumkinki, Freyzer Forster, Serxio Regilon va Elfi Uaytmen shartnoma muddati tugashi munosabati bilan klubni tark etadi, Timo Verner esa ijara muddati tugagach, klubni tark etadi.
Ishingiz uchun rahmat va kelajakda eng yaxshi tilaklarni tilab qolamiz, yigitlar", - deyiladi klub bayonotida.
Angliya chempionatining o'tgan mavsumi yakunlariga ko'ra, "shporlar" ochkolarini 38 taga etkazib, 17-o'rinni egalladi. London klubi Yevropa Ligasida g'olib chiqdi.



