"Argentina Ispaniya bilan o'yinda birorta ham zarba bera olmadi. Men Tuxelni hech qachon kechirmayman"

20 iyul 2026, 15:05
"Tottenxem" klubi sobiq futbolchisi Jeymi O’Xara Argentinadan qabul qilingan mag'lubiyat uchun Tomas Tuxelni hech qachon kechirmasligini ma'lum qildi.

Argentina terma jamoasi JCH-2026 final uchrashuvida Ispaniya jamoasiga imkoniyatni boy berdi (qo'shimcha vaqtda 0:1).

Lionel Skaloni boshchiligidagi jamoa 120 daqiqalik o'yin davomida raqib darvozasi tomon (aniq yoki noaniq) birorta ham zarba yo'llay olmadi.

"Butun o'yin davomida 0 ta zarba. Men Tuxelni hech qachon kechirmayman", - deb yozdi Djeymi O’Xara.

Eslatib o'tamiz, yarim finalda Angliya terma jamoasi ikkinchi bo'limda 1:0 hisobida oldinda bora turib, yakunda Argentinaga 1:2 hisobida yutqazib qo'ygan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports