

Londonliklar 23 yoshli ispaniyalikka o'ng himoyachi poziciyasi uchun bosh variant sifatida qarashmoqda va futbolchining o'zi ham o'tishga qarshi emas.
Ammo, "Sporting" Pedroni yanvarda sotmoqchi emas, gap faqat tovon puli haqida ketishi mumkin – 45 million evro. Vaziyat yozda o'zgarishi mumkin.
Porro joriy mavsum 21ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 10ta assist qayd etdi. U Ispaniya terma jamoasi safida bitta o'yin o'tkazgan.



