"Tottenxem" "Liverpul" futbolchisi bilan shartnomani kelishib oldi

16 avg 2026, 11:00
"Tottenxem" "Liverpul" hujumchisi Kodi Gakponi o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Bu haqda taniqli insayder Nikolo Skira xabar beradi.

"Shporlar" 28 yoshli vinger bilan besh yillik shartnoma shartlarini kelishib olishdi. Niderlandiyalik futbolchi londonliklar bosh murabbiyi Roberto De Dzerbining asosiy nishoni hisoblanadi.

Endi "Tottenxem" "Liverpul" bilan transfer summasini kelishib olish ustida faol ish olib bormoqda. Niderlandiyalik futbolchining transfer narxi 70-80 million evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/NicoSchira