Tomas Myuller faoliyatini Yevropaning kutilmagan jamoasida davom ettirishi mumkin

Khoja
12 iyul 2025
“Bavariya“ bilan xayrlashgan Tomas Myuller faoliyatini MLSda emas, Yevropada davom ettirishi mumkin.

Hujumchiga Avstriyaning “Rapid“ klubidan rasmiy taklif tushgan. Avstriya jamoasi germaniyalik futbolchiga ikki yillik shartnoma va yiliga 3 million evro berishga tayyor.

Ma'lumot uchun, Tomas Myuller “Bavariya“ tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U nemis klubi safida 750 ta uchrashuv o'tkazgan. Uning hisobida 250 ta gol va 276 ta golli uzatma bor. 35 yoshli hujumchi “Bavariya“ bilan jami 33 ta sovrin yutgan. Shuningdek, Tomas Myuller Germaniya bilan JCHda ham g'alaba qozongan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com