

Farxor shahridagi Markaziy stadionda bo'lib o'tgan mazkur keskin uchrashuv 1:1 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlandi. O'yinda hisob mehmonlar tomonidan ochildi – 23-daqiqada "Istiqlol" futbolchisi Muhammadjon Rahimov raqib darvozasini ishg'ol qilib, o'z jamoasini oldinga olib chiqdi. Uchrashuvning asosiy vaqti poytaxtliklarning kichik ustunligida yakunlanib borayotgan bir paytda, hakam tomonidan qo'shib berilgan so'nggi soniyalarda, aniqrog'i 90+5-daqiqada mezbonlar vakili Salohiddin Irgashev muhim golga mualliflik qilib, "Hosilot" jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.
Mazkur bellashuvdan so'ng Vitaliy Levchenko boshqaruvidagi "Istiqlol" jamoasi o'tkazilgan 5 ta tur natijasiga ko'ra 2 g'alaba va 3 durang bilan 9 ochko to'plab, chempionatda peshqadamlik qilyapti.



