

Bugungi kunning eng kutilgan uchrashuvlaridan biri - Superliganing 13-turidan o'rin olgan “Paxtakor” - “Qo'qon-1912” bahsi. Ushbu bellashuv oldidan ikki jamoa haqida bir qator qiziqarli ma'lumotlar va statistik jihatlarni havola qilamiz.
22 iyun 2025, 20:00
Pakhtakor — Kokand-1912

2 – 0
Tugadi

Tojiev bilan mag'lubiyatsiz seriya
“Paxtakor” Komoliddin Tojiev qo'l ostida ketma-ket 5 ta uchrashuvda mag'lubiyatga uchramadi. Jamoa ushbu murabbiy boshchiligida o'tkazgan uchrashuvlarda quyidagi natijalarni qayd etdi:
“Paxtakor” - “Buxoro” 6:0
“Qizilqum” - “Paxtakor” 0:3
“Paxtakor” - “Xorazm” 2:1
“Paxtakor” - “Nasaf” 6:3 (O'zbekiston Kubogi)
“Bunyodkor” - “Paxtakor” 1:1

Sergeevning golli seriyasi
Jamoa yetakchilaridan biri Igor Sergeev Superligada yuqori darajadagi o'yin namoyish etmoqda. U ketma-ket 8 uchrashuvda gol urib, juda muhim golli seriyani qayd etmoqda. To'purarlar poygasida esa 10 ta gol bilan yaqqol peshqadam bo'lib turibdi.

“Qo'qon-1912” uchun Toshkent - qiyin sinov
Qo'qonliklar so'nggi ikki o'n yillikda Toshkentda “Paxtakor” ustidan g'alaba qozonolmayapti. 21-asrda “sherlar” maydonidagi barcha uchrashuvlar “Paxtakor” ustunligida o'tgan.
“Qo'qon-1912”ning Toshkentdagi so'nggi va yagona g'alabasi 1994 yilga to'g'ri keladi (2:4). Shu paytgacha o'tkazilgan keyingi 14 uchrashuvning faqatgina bittasi durang bilan yakunlangan - 2018 yildagi 0:1 hisobli bellashuv.

“Qo'qon-1912” - mag'lubiyatlar seriyasi tugaydimi?
Bahrom Haydarov shogirdlari so'nggi 4 ta o'yinda imkoniyatni boy berdi:
“Qo'qon-1912” - OKMK 1:3
“Qo'qon-1912” - “Nasaf” 0:2
“Navbahor” - “Qo'qon-1912” 3:0
“Qo'qon-1912” - “Mashal” 0:4
Jamoa na hujumda, na himoyada ishonchli o'yin ko'rsata olmayapti. To'rt uchrashuvda jami 12 ta gol o'tkazildi, 1 ta to'p kiritildi.
Kelasi turlardagi raqiblar
“Paxtakor” jamoasini keyingi turlarda quyidagi bahslar kutmoqda:
27 iyun - “Nasaf” - “Paxtakor”
6 iyul - “Paxtakor” - “Navbahor”
“Qo'qon-1912” esa birinchi davrani quyidagi o'yinlar bilan yakunlaydi:
27 iyun - “Qo'qon-1912” - “Dinamo”
4 iyul - “So'g'diyona” - “Qo'qon-1912”



