Florentino Peres 2027/28 yilgi mavsumdan boshlab "Real Madrid" o'yinlari Hindistonda bepul translyatsiya qilinishini e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
21 noya 2026, 16:48
Bugun, 21 noyabr kuni "Real Madrid" klubining umumiy yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda klub prezidenti Florentino Peres 2027/28 yilgi mavsumdan boshlab jamoa o'yinlari Hindistonda bepul namoyish etilishini ma'lum qildi.

Taniqli insayder Fabricio Romano o'zining X (sobiq Twitter) sahifasida Peresning ushbu bayonotidan iqtibos keltirdi:

"Keyingi mavsumdan boshlab, nihoyat, eng yaxshi o'yinlarni Hindistonda bepul tomosha qilish mumkin bo'ladi. Tasavvur qiling, Mumbaydagi 15 yoshli o'smir hozirgi vaziyatdan farqli o'laroq, o'yinlarni xohlagan paytida bepul ko'ra oladi".

Ma'lumot uchun, Florentino Peres Hindistonni klubning eng yirik muxlislar bazalaridan biri sifatida biladi va shu orqali millionlab hindistonlik ishqibozlar uchun bahslarni yanada ochiq qilishni maqsad qilgan.

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fabrizio Romano