

O'yindan keyin "TerDU" bosh murabbiyi Eldor Boymatov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O'yin haqida fikringiz?
- Bugun har ikki jamoaga g'alaba juda zarur edi, chunki turnir jadvalida oxirgi o'rinlarda ketyapti. Qiyin o'yin bo'lishini bilardik va shunday bo'ldi. Nukusda zafar quchish qiyin ekanini bilamiz. Bugun bir ochko bilan kifoyalandik, shunga ham xursandmiz. Yigitlarga rahmat aytib qolaman.
- Jamoangiz ilk bor Proligada qatnashyapti. Ushbu musobaqa darajasini qanday baholaysiz?
- Proligada o'yinlar yaxshi bo'lyapti. O'tgan yil Superliga chiqish uchun bir-ikki jamoa kurashgan bo'lsa, bu yil 4-5ta shunday jamoa bor. Yosh jamoalar ham bor. Daraja o'sgan va biz ham o'z saviyamizni ko'tarib boramiz.
- Jamoangizning maqsadi?
- Mahalliy futbolchilarni Superliga darajasiga tayyorlash. O'yinchilarimizdan kimdir Superligada o'ynab ketsa bundan xursand bo'lamiz.
- Keyingi uchrashuvlarda g'alaba qozonish uchun nimaga ko'proq e'tibor berasizlar?
- Kuchli jamoalar bilan ham tengma-teng o'ynayapmiz, lekin vaziyatlarni golga aylantira olmayapmiz. Gol ursak hammasi yaxshi bo'lib ketadi.



