Ter Shtegen jamoasini almashtirishga rozi

Mirjalol Normatov
16 yanv 2026
"Barselona" posboni Mark-Andre ter Shtegen faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishga rozi bo'ldi.

33 yoshli posbon "Jirona" taklifini qabul qildi. U Kataloniya jamoasi tarkibida ijara asosida o'ynaydi. Kelasi haftada uning transfer ishlari yakunlanishi kutilmoqda.

Ter Shtegen ushbu mavsumda faqatgina bir marta, u ham bo'lsa, Ispaniya Kubogida jamoa sharafini himoya qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano