Teo Ernandes: "Belgiyadan kuchliroq ekanligimizni bilardik"

Mirjalol Normatov
8 okt 2021, 14:31
Fransiya termasi himoyachisi Teo Ernandes Millatlar ligasida Belgiyaga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

"Tanaffus vaqtida bir-birimizga Belgiyadan kuchliroq ekanligimizni aytgandik. Ikkinchi bo'limda buni barcha ko'rdi. 

Fransiya tanaffusdan keyin o'yinni to'liqligicha nazorat qildi. Shu orqali o'yinni o'z tomonimizga og'dira oldik", - dedi himoyachi.

Millatlar ligasi yarim finalida g'alabaga erishgan francuzlar hal qiluvchi bahsda Ispaniyaga qarshi o'ynaydi. Uchrashuv 10 oktyabr tunida bo'lib o'tadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com