Endrik faoliyatini "Arsenal"da davom ettirishi mumkin

Sherzod Nurmatov
27 apr 2026, 11:30
Londonning "Arsenal" jamoasi "Lion" hujumchisi Endrikka qiziqish bildirmoqda.

"Caught Offside" nashrining xabar berishicha, Premer-liga chempionligiga davogar braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga shoshilmayapti. Londonliklar u bilan muzokara olib borishga shoshilmayapti, ammo 19 yoshli futbolchini yozgi transfer oynasi uchun ustuvor vazifalari qatoriga qo'shgan.

Huquqlari "Real"ga tegishli Endrik hozir ijara asosida "Lion"da o'ynamoqda va poytaxt klubiga qaytishdan umidvor.

Endrik ushbu mavsum 20 o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 7 ta golli pas uzatdi. Uning Ispaniya klubi bilan shartnomasi 2030 yilning yozigacha amal qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Caught Offside