Fatining otasi futbolchining "Barselona"ga qaytishi haqidagi savolga javob berdi

Sherzod Nurmatov
27 apr 2026, 21:26
Hujumchi Ansu Fatining otasi Bori Fati o'g'lining kelajagi haqida gapirdi.

23 yoshli futbolchi ayni paytda ijara asosida "Monako"da o'ynaydi. Monegasklar ispaniyalik futbolchini sotib olish imkoniyatiga ega, ammo yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.

64244019a008d.jpeg

Kelajak haqida so'ralganda, Fatining otasi futbolchining hozirgi jamoasida qolish istagini tasdiqladi.

"Biz hali bilmaymiz. Ansuning "Monako"da qolishini istaymiz, chunki u bu yerda o'ynashni yoqtiradi, lekin u hali ham "Barselona" bilan 2028 yilgacha mo'ljallangan bitimga ega. Ko'ramiz", – dedi Bori Fati.

Ansu "qizil-oqlar" safida 27 o'yinda 10 ta gol urdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano