

Termiz klubi o'tgan mavsumni "Bunyodkor"da o'tkazib, U-21 ligasida 25 ta gol bilan to'purar bo'lgan Farrux Qodirovni o'z safiga qo'shib oldi.
"Klubimiz futbolchilar selekciyasini davom ettirmoqda. Bu safar jamoamizga yosh va istedodli hujumchi Farrux Qodirov kelib qo'shilganini e'lon qilamiz. 21 yoshli hujumchi o'tgan mavsumda "Bunyodkor" U-21 jamoasi safida to'p surib, yoshlar chempionatining eng yaxshi to'purari bo'ldi - u 25 ta gol urib, 10 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Ushbu transfer klubimizning yosh futbolchilarni rivojlantirishga qaratilgan strategiyasini davom ettiradi. Qodirov bilan shartnoma 2+2 tizimi asosida imzolandi.
Klub nomidan Farruxga jamoamiz safidagi faoliyatida omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz", - deyiladi klub xabarida.



