

Bu esa joriy mavsumda Superligadagi assistentlar bo'yicha eng yaxshi ko'rsatkich sifatida qayd etildi. Mavsum davomida yaxshi taassurot qoldirgan Stanislavlevich chempionat qanday o'tgani va keyingi rejalari bilan o'rtoqlashdi.
- Aleksandar bu yil siz uchun O'zbekiston chempionatidagi debyut bo'ldi. "Qizilqum" tarkibida ilk bor to'p tepdingiz. Xo'sh, mavsum haqida qanday fikrlar bildira olasiz? Qaysi rejalar o'xshadi, nimalar qolib ketdi?
- Ortda qolgan mavsumda esda qolarli xotiralar qoldi. 6ta gol va 12ta golli uzatma bilan muvaffaqiyatli natijaga erishdim. Debyut uchun yomon emas, deb o'ylayman. Lekin biz ko'prog'iga loyiq edik.
- 5-o'rin jamoaning joriy yilgi harakatlariga mos bo'ldimi?
- Ortda qolgan mavsumga nazar tashlasam, kuchli uchlikka kira olmaganimdan afsusdaman. Chunki bizda yuz foizli sifatli o'yinimiz bor edi.

- Ammo oxirgi turlarda jamoa futbolchilarida kayfiyat ko'rmadik. Ayniqsa "Paxtakor" bilan uchrashuvda...
- Hozir bo'lib o'tgan ishlar haqida gapirmoqchi emasman. Klub yanada yaxshilanishi uchun ishlashi kerak. Ularga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman.
- Keyingi mavsumda yana qaysi jihatlar, kamchiliklar bartaraf etilishini istardingiz?
- O'zbek futbolining tepasida nima qilishni yaxshiroq biladiganlar bor. Men o'z ishimni qo'ldan kelgancha bajarishga harakat qilaman. Bu - futbol.
- Bu yilgi shaxsiy ko'rsatkichlaringiz haqida...
- O'zbekistondagi ilk mavsumimda eng yaxshi assistent bo'lganimdan xursandman. Bir narsani aytishim kerakki, men Timurdek ajoyib va yuqori darajadagi kuchli hujumchi bilan o'ynadim. Bundan shodman.

- O'z poziciyangizdagi eng yaxshi futbolchini ayta olasizmi?
- Bu - men.
- Keyingi rejalaringiz qanday? Sizni 2023 yilda qaysi jamoada ko'ramiz?
- Hozirgi rejam oilam davrasida bo'lish va futbol haqida o'ylamaslik. Hammasini vaqt ko'rsatadi.



