FAKTLAR: Bo'riev klub safida birinchi qizil kartochkasini oldi. "Olimpik"da g'alabasiz seriya 2 oyga etdi

Iskandarov Abdulaziz
26 okt 2023
Biroz oldin Superliganing 23-turidan o'rin olgan "Olimpik" - "Qizilqum" uchrashuvi yakuniga etdi.

 Ikki jamoa uchun ham muhim sanalgan bahsda durang natija qayd etildi. Mazkur uchrashuvga oid qiziqarli faktlarni e'tiboringizga havola qilamiz. 


- "Olimpik" jamoasi 2 oydan buyon g'alaba nimaligini bilmayapti. Timur Kapadze shogirdlari so'nggi bor 25 avgust kuni uyda "Turon"ni mag'lubiyatga uchratgandi (2:0). 

So'nggi o'yinlar

O'zbekiston kubogi 1/4 final. "Dinamo" - "Olimpik" 4:3

20-tur. 28.09.2023. "Olimpik" - "Nasaf" 1:3

22-tur. 21.10.2023. "Olimpik" - "Bunyodkor" 1:1

23-tur. 26.10.2023. "Olimpik" - "Qizilqum" 0:0


- Poytaxt klubi bu mavsumda uyda eng kam g'alaba qozongan 4 jamoadan biri bo'lib turibdi (2 g'alaba). "Olimpik"dan tashqari "Bunyodkor" va "Turon" hisobida 1ta, "Buxoro"da 2tadan g'alaba mavjud. 

- "Qizilqum" ketma-ket 4ta uchrashuvdan buyon mehmondagi o'yinlarda mag'lubiyatga uchrayotgani yo'q. Navoiyliklar so'nggi bor 5 avgust kuni "Buxoro"ga imkoniyatni boy berishgandi. 

17-tur. 19.08.2023. "Nasaf" - "Qizilqum" 0:0

19- tur. 22.09.2023. "Surxon" - "Qizilqum" 1:2

21-tur. 06.10.2023. "Bunyodkor" - "Qizilqum" 2:2

23-tur. 23.10.2023. "Olimpik" - "Qizilqum" 0:0

- "Olimpik" jamoasi futbolchilari bu yil hakamlar tomonidan to'rtinchi bor qizil kartochkaga loyiq ko'rildi. Bungacha Jasur Jaloliddinov, Shahzod Tairov, Muhammadali G'iyosov uchrashuvni qizil kartochka sabab erta tugatishga majbur bo'lgan edi. 

- Abdurauf Bo'riev klublar miqyosida faoliyatida ilk bor qizil kartochkani oldi. Bunga qadar u faqat olimpiya terma jamoasi safida Osiyo o'yinlari yarim finalida Janubiy Koreya bilan bahsda maydondan chetlatilgandi. 

- Jamoalarning o'zaro o'yinlarida ilk bor durang natija qayd etildi. Bugungacha kechgan 3ta uchrashuvning 2tasida "Qizilqum", 1tasida "Olimpik" 3 ochkolik bo'lgan. 

- "Qizilqum" joriy mavsum hisobidan 4-uchrashuvda raqibi bilan 0:0 hisobida durangga imzo chekdi. Shularning 3tasi safardagi o'yinlarda yuz berdi. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia

O'xshash yangiliklar