Superliga. "Dinamo" Zominda "So'g'diyona"ni mag'lub etdi

Nozimov Nig'monxo'ja
6 noya 2026, 20:20
Superliga 27-turidan o'rin olgan “So'g'diyona” – “Dinamo” bahsi yakunlandi.

Superliga

27-tur

“So'g'diyona” – “Dinamo” 1:3

Gol: 2 - Javohir Qahramonov (Lyupcho Doriev), 32 - Amadu Dumbuya (Artyom Radaev), 73 - Anvarjon Xojimirzaev (penalti), 79 - Rasul Yo'ldoshev (Xaris Xaydarevich)

Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov

Yordamchi hakamlar: Aleksandr Burov, Akmal G'iyosov

Zaxira hakami: Sardor Salohiddinov

VAR: Firdavs Norsafarov

AVAR: Dias Galeev

Nazoratchi: Timur Abdullaev

Komissar: Shohruh Said

“So'g'diyona”: 1.Shohruh Isoqov, 2.Zoir Jo'raboev, 3.Islom Qobilov, 8.Jamshid Boltaboev (7.Petar Michin, 78), 10.Javohir Qahramonov (50.Shohruz Kamolov,61), 13.Filip Ivanovich, 14.Lyupcho Doriev, 15.Xondamir Mustafoqulov ( 49.Sardor Jamolov, 78), 19.Zabihillo O'rinboev ( 6.Behruz Asqarov, 33), 22.Abdulazizxon Abdurashidov (28.Samandarjon Mavlonqulov, 61), 32.Nodirjon Soyibov,

Zaxira: 74.Bayram Najafaliev, 4.Behruz Jumatov, 9.Zenan Zaymovich, 77.Oybek Nurmatov.

“Dinamo”: 1.Edem Nemanov, 2.Artyom Radaev (17.Salim Mustafoev, 89), 3.Mixail Shtefan, 8.Aziz Amonov (22.Ulug'bek Abdullaev, 76), 10.Anvar Hojimirzaev, 16.Amadu Dumbuya, 20.Jaloliddin Jumaboev, 21.Jahongir Abdusalomov (44.Abdug'afur Haydarov,76), 24.Akbar Xudoyberdiev (15.Rasul Yo'ldoshev, 46), 30.Xaris Xaydarevich (7.Sanjar Qodirqulov,89), 79.Edem Seytvaliev.

Zaxira: 13.Ravshanbek Yagudin, 18.Raul Jeparov, 26.Marko Stanoevich, 77.Behruz Oblaqulov.

Ogohlantirish: 48 - Xaris Xaydarevich, 58 - Rasul Yuldoshev , 59 - Edem Nemanov, 85 - Artyom Radaev

Chetlatish: 29 - Nodirjon Soyibov

Uchrashuv yakunlandi

85. 🟨 Radaev ogohlantirildi

78. GOOOL. Rasul Yo'ldoshev uzoqdan zarba yo'lladi, bu zarba oldida raqib darvozaboni ojiz qoldi

75. Anvarjon Xojimirzaevning zarbasi noaniq ketdi

73. GOOOL. Anvarjon Xojimirzaev penaltidan unumli foydalandi va jamoasini oldinga olib chiqdi

71. Uchrashuv bosh hakami uzoq tekshiruvdan so'ng Abdusalomovga ko'rsatilgan sariqni bekor qildi va mezbonlar darvozasiga penalti belgiladi

68. Biroq VAR hakami vaziyatga aralashdi. Endi Abduvohidov manitor oldiga bordi

67. 🟨 Abdusalomov raqib maydonchasida yiqildi. Hakam uni simulaciya ishlatdi deb hisobladi va futbolchiga sariq ko'rsatdi

65. Xojimirzaevning zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan bartaraf etdi

64. Samarqandliklar tezkor qarshi hujum tashkil qilishdi. Amanovning zarbasini darvozabon qaytardi. Qaytgan to'pni esa Dumbiya darvozaga joylab qo'ydi. Biroq samarqandliklarning legioner futbolchi o'yindan tashqari holatda qolib ketgan ekan

63. Doriev darvozabon bilan deyarli birga bir chiqib bordi va zarba yo'lladi. Uning zarbasini Edem ushlab oldi

59. Edem Nemanov hakam bilan tortishgani uchun ogohlantirildi

58. 🟨 Endi Dumbiya ogohlantirildi

49. Behruz Asqarovning jarimadan yo'llagan zarbasi kuchli chiqdi, biroq ozgina aniqlik yetishmadi

48. 🟨 Xaris Xaydarevich raqibga qarshi qo'pol o'ynadi va hakam tomonidan ogohlantirildi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

45. Anvarjon Hojimirzaev bo'lim yakunida jamoasini oldinga olib chiqishi mumkin edi. Biroq uning zarbasi to'singga tegdi. Gol bo'lgan taqdirda ham gol inobatga olinmas ekan, sababi mehmonlar hujumchisi ofsaydda qolib ketgan ekan

35. Anvarjon Xojimirzaevning uzoqdan yo'llagan zarbasini mezbonlar darvozaboni qaytardi

32. GOOOL. Qizildan so'ng "Dinamo" tezda gol urmoqda. Himoyadagi tartibsizlikdan so'ng Dumbiya hisobni tenglashtirdi

29. 🟥 "So'g'diyona" hujum qilayotgandi, biroq samarqandliklar tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Hojimirzaev darvozabon bilan birga bir chiqib ketayotgan joyida Soyibov qo'pollik ishlatdi va hakam tomonidan chetlatildi

20. Mehmonlar raqib maydonchasining ichiga ancha yaqin o'ynashmoqda, biroq hozircha samarqandliklarning hech bir futbolchisi xavfli zarba yo'llay olmadi

11. Mezbonlar yaxshi jarima zarbasini amalga oshirishdi. Dorievning uzatmasidan so'ng Qobilov zarba yo'lladi. To'p himoyachiga tegib, qaytmoqda

6. Jumaboevning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

2. GOOOL. Uchrashuvning boshida hisob ochildi. Dorievning qanotdan uzatgan to'pini Qahramonov raqib darvozasiga aniq joylab qo'ydi

Uchrashuv boshlandi!

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: Championat.asia