Superliga-2019. Namangan va Buxoroda minus 6, Jizzaxda plyus 7...

Narzulla Saydullayev
10 dek 2019, 09:47
2019 yilgi Superliga bahslariga atalgan ma'lumotlarni berishda davom etamiz.

Bu safar klublarimizning egallagan o'rinlari o'tgan yilgi mavsumga nisbatan qanchalik o'zgargani haqida so'z yuritamiz.

2018 yilgi mavsumda bronza medallariga ega chiqqan "Navbahor" klubi bu yil mavsumni 9-o'rinda tugatdi. Jamoa bir yilda 6 pog'ona pasaydi.

Xuddi shunday holat "Buxoro" bilan ham sodir bo'lganini ko'rish mumkin. Buxoroliklar bir yil avval chempionatni 6-o'rinda tugatishgandi, bu yil esa 12-o'rin egallandi.

2019 yilgi Superligada 13-o'rinda tugatgan "Qizilqum" o'tgan mavsum 8-o'rinni egallagan edi. Navoiyda minus 5.

Bekobodning "Metallurg" va Qarshining "Nasaf" klublari 2018 yilda qaysi pog'onani egallashgan bo'lsa bu yil ham xuddi o'sha o'rinni egallashdi.

Jizzaxning "So'g'diyona" klubida eng katta o'sish kuzatildi. Bir yil avval 12ta klub ishtirok etgan chempionatda 11-o'rinni egallab ligada qolish uchun o'tish o'yinida maydonga tushgan "So'g'diyona" bu mavsum 4-o'rinni qo'lga kiritishdi.

Quyidagi jadvalda barchasini o'zingiz ko'rib olishingiz mumkin:


Klub

2018 yil

2019 yil

+/-

Lokomotiv

1

2

-1

Paxtakor

2

1

+1

Navbahor

3

9

-6

Bunyodkor

4

3

+1

Metallurg

5

5

0

Buxoro

6

12

-6

Nasaf

7

7

0

Qizilqum

8

13

-5

Qo'qon-1912

9

11

-2

AGMK

10

8

+2

So'g'diyona

11

4

+7

Neftchi

12

-

-

Surxon

-

6

-

Andijon

-

10

-

Dinamo

-

14

-


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia