FIFA 2025 yil uchun futzal, sohil futboli, fitness hamda futbol hakamlari texnik instruktorlari ro'yxatini e'lon qildi

Omonjon To`xtamirzayev
25 fev 2025
Tashkilot yangi yil uchun rasmiylar ro'yxatini ma'lum qildi.

Unga ko'ra 3 nafar o'zbekistonlik mutaxassislar ushbu ro'yxatdan o'rin olgan:
Farhod Abdullaev – futbol hakamlari texnik instruktori;
Baxtiyor Namozov – sohil futboli instruktori;
Yuliya Tarasova – fitness instruktor.

Ma'lumot uchun, FIFA hakamlar instruktorlarining asosiy vazifalari referilarga talim berish, o'yin qoidalarining bir xilda qo'llanilishi, zamonaviy hakamlarning maydondagi harakatlari, taktik qoidabuzarliklarni to'g'ri baholash, maydonda eng qulay joylashuvni tanlash, vaziyatlarni oldindan ko'ra olish hamda o'yin jarayonini samarali boshqarish uslublari bo'yicha ko'nikmalar berishdan iborat.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: UFA