

O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari Eldor Shomurodov hamda Abbos Fayzullaevlar uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashdi. "Bashakshehir" 5:1 hisobida g'alaba qozongan o'yinda Shomurodov va Fayzullaev o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. Eldor Shomurodov bitta golda assistent rolini ham bajardi.
Sofascore nashri kechagi bahs uchun Eldor Shomurodovga 7,9 baho qo'ydi. Abbos Fayzullaev esa 9,3 bahoga loyiq ko'rildi.



