Shchensni: "Men qo'rqqan yagona futbolchi Messi bo'lgan"

Aslanov Jasurbek
15 okt 2024, 01:11
Voychex Shchensni Lionel Messiga qarshi maydonga tushishdan qo'rqqanini tan oldi.

- Hujumchilarning qay biri sizga ko'proq qiyinchilik tug'dirgan?

- Leo Messi. Men qo'riqlagan darvozaga undan ko'proq gol urganlar bo'lgandir. Leo uch marta menga gol urgan. Buni qayerdan bilaman? Chunki Messi menga 3ta pivo yuborgan (2020 yilda pivo ishlab chiqaruvchilaridan biri Messining rekordi sharafiga Leo gol urgan posbonlarga 644ta pivo yuborgan).

U men qo'rqqan yagona hujumchi edi" - dedi Shchensni.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo