“Sevinch” tarkibida endi uch nafar legioner futbolchi to'p tepadi

Mirjalol Normatov
15 iyul 2022
“Sevinch” o'z tarkibini davralar oralig'ida kuchaytirishga katta e'tibor qaratdi.

Natijada “Nasaf” klubining bosh homiysi – “Sho'rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ  rahbariyati ning bevosita qo'llab-quvvatlashi evaziga o'z tarkibiga uch nafar legioner futbolchini qo'shib oldi.

Bular Dangmei Greys, markaziy yarim himoyachi – Hindistondan, Mumuni Fuseina, hujumchi – Ganadan va Njolle Alvine Ngonja, markaziy himoyachi – Kamerundan. 

Mumuni Fuseina bungacha Jizzaxning “So'g'diyona-W” jamoasida to'p tepgan va o'tgan yilgi mavsumda chempionlikni rasmiylashtirgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Севинч" матбуот хизмати