"Sevinch" tarix yaratdi va OCHLga yo'llanma oldi!

Mirjalol Normatov
31 avg 2025
"Sevinch" OCHL saralashidan muvaffaqiyatli o'tdi.

Qashqadaryo jamoasi bugun Tailandning "Kollej of Eyshn Skolars" jamoasiga qarshi bahs olib bordi. O'yin oldidan ikkala jamoada ham 6 tadan ochko bor edi va kim g'alaba qozonsa, o'sha OCHL guruh bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritardi.

Uchrashuvda "Sevinch" 2:1 hisobida g'alabaga erishdi. Shu orqali "Sevinch" o'z tarixida ilk marta OCHL guruh bosqichida o'ynaydigan bo'ldi.

"Kollej of Eyshn Skolars" - "Sevinch" 1:2

Gol: D. Habibullaeva (24, 0:1), L. Karachik (47, 0:2), O. Vaenngoen (90+4, 1:2).


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia