Saudiya klublari Harri Maguayrga qancha maosh taklif qilgani ma'lum

Khoja
7 sen 2025, 10:45
"Al Nassr" va "Al Ahli" "Manchester Yunayted" himoyachisi Harri Maguayrga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Saudiyaliklar himoyachiga yiliga 15 million evro maosh berishga tayyor.

Biroq himoyachining o'zi Manchesterni tark etmoqchi emasligini ma'lum qilgan.

Eslatib o'tamiz, Harri Maguayr 2019 yildan beri "qizil iblislar" safida harakat qiladi. U jamoa safida jami 249 ta uchrashuvda maydonga tushgan. 32 yoshli futbolchining manchesterliklar bilan tuzgan shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlanadi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com