2016 yilgi Golden Boy sohibi va Yevropa chempioni PSJga qaytadi

Alisher
6 may 2024, 00:32
Renatu Sanshesh mavsum so'nggida PSJga qaytadi.

"Roma" 26 yoshli portugaliyalik xavbekni 15 million evroga xarid qilish huquqi bilan ijaraga olgandi. Ammo, rimliklar bu banddan foydalanmaslikka qaror qilishdi.

Sanshesh "Pari Sen-Jermen"ga qaytadi. Parijliklar futbolchini sotishga tayyor.

Yevropa chempioni joriy mavsum "Roma" tarkibida 12ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi. U turli jarohatlar va sog'ligidagi muammolar sabab 22ta o'yinni o'tkazib yubordi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano