"Roma" PSJning yana bir futbolchisini tarkibiga qo'shib oldi

Omonjon To`xtamirzayev
16 avg 2023
PSJ yarim himoyachisi Renatu Sanshesh ijara huquqi asosida "Roma" safiga borib qo'shildi.

Kelishuvda ma'lum talablar bajarilgan taqdirda rimliklar futbolchini to'liq sotib olishga majbur bo'lishi belgilab qo'yilgan. Bu amalga oshishi uchun portugaliyalik "Roma" safida belgilangan miqdorda o'yinlarda ishtirok etishi zarur. Ma'lumotlarga qaraganda, to'liq transfer narxi 15 million evroni tashkil qiladi.

Eslatib o'tamiz, 25 yoshli o'yinchi o'tgan mavsum 27 ta bahsda 2 ta gol urgan edi.



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: asroma.com