"Sabah" va Umarali Rahmonaliev Yevropa ligasi saralashida muvaffaqiyatsizlikka uchradi

Mirjalol Normatov
18 iyul 2025, 01:45
Yevropa ligasi saralashi doirasida Ozarbayjonning "Sabah" klubi Sloveniyaning "Cele" jamoasi to'sig'idan o'ta olmadi.

Bahsda Ozarbayjon klubi 3 daqiqada ikkita gol urib, kambek qayd etayotgandi. Biroq "Cele" jamoasi qo'shimcha bo'limlarda 1 gol urib, umumiy hisobda oldinga chiqib oldi va saralashning keyingi bosqichiga yo'llanma oldi.

Bahsda hamyurtimiz Umarali Rahmonaliev 77-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shilgandi, biroq 117-daqiqada u yana zaxiraga olindi.



Shu tariqa bahsda mag'lub bo'lgan Ozarbayjonning "Sabah" jamoasi Yevropa ligasi saralashini tark etdi va omadini Konferenciyalar ligasi saralashida sinab ko'radi. Bu yo'lda ularga raqib Moldaviyaning "Petrokub" jamoasi bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia