Ozarbayjon chempionati. "Sabah" o'z uyida "Qorabog'" bilan durang o'ynadi, Rahmonaliev zaxirada qoldirildi

Alisher Ostonov
27 apr 2025, 22:56
Ozarbayjon Premer-ligasi 32-tur doirasidagi "Sabah" - "Qorabog'" o'yini bo'lib o'tdi.

"Qorabog'" o'yinchisi Redon Jijaning 42-daqiqada penaltidan urgan goliga "Sabah" a'zosi Boyan Letich 73-daqiqada javob berdi.

Mezbonlar safida yarim himoyachi Umarali Rahmonaliev zaxirada qoldirildi.

Qayd etish kerakki, "Qorabog'" shu o'yindan so'ng ketma-ket to'rtinchi chempionligiga erishdi.




O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia