Rossiyalik ekspert: “Abbos Osiyo chempionatidagi o'yinlari orqali skautlar e'tiborini tortdi. U SSKAda uzoq qolmaydi”

Khoja
1 fev 2024, 16:02
Rossiya futbol ittifoqi sobiq a'zosi Andrey Sozin hamyurtimiz Abbosbek Fayzullaevning o'yinlariga yuqori baho berdi.

“Yaqin orada SSKAdan yaxshi summaga ketishi mumkin bo'lgan yagona futbolchi Abbosbek Fayzullaev hisoblanadi. U RPLda yaxshi harakat qildi, biroq hozirda Abbos Osiyo kubogini “yondirmoqda”. U terma jamoasi safida allaqachon 2 ta gol urishga ulgurdi. U terma jamoaning yetakchilaridan biri. Abbos Osiyo chempionatidagi o'yinlari orqali skautlar e'tiborini tortdi. U SSKAda uzoq qolmaydi. Keyingi manzil Yevropa”, - dedi Sozin.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com