Ronaldu va Koman gollari "Al Nassr"ga g'alaba keltirdi

Aslanov Jasurbek
30 apr 2026, 01:14
Saudiya Arabistoni Professional ligasining 30-turidagi markaziy uchrashuvda "Al Nassr" "Al Ahli"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi.

Uchrashuv birinchi yarmda golsiz yakunlandi. Ikkinchi yarmda Krishtianu Ronaldu Joau Feliksning uzatmasidan 76-daqiqada hisobni ochdi. 90-daqiqada esa Kingsli Koman Yahyo Abdulazizning pasidan keyin ikkinchi golni urdi va g'alabani rasmiylashtirdi.

Uchrashuvda "Al Ahli"dan Demiral Meritt (52), Toney Ivan (90+2) sariq kartochka oldi.

Saudiya Arabistoni Professional ligasi, 30-tur

29 aprel 2026

“Al Nassr” – “Al Ahli” 2:0

Gollar: Ronaldu K. 76, Koman K. 90

Ushbu g'alaba bilan "Al Nasr" 30 o'yinda 79 ochko to'plab, liderlik mavqeini mustahkamladi. Ikkinchi o'rinda 29 o'yinda 71 ochkosi bor "Al Hilol" turibdi. "Al Ahli" esa 66 ochko bilan uchinchi pog'onada qoldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia