

- Ronalduning [o'yindan keyin] muxlislar bilan xayrlashmagani, shuningdek, uning maqomi muammoga aylanmoqdami?
- Bu shunchaki 10, 15, 20 soniya davom etgan alam, xolos. Bu hech qaysi holatda uning 20 yil davomida milliy jamoaga bo'lgan sadoqatini kamsitmaydi. Bir necha soniya norozi bo'lasan, besh daqiqadan keyin esa barchamiz terma jamoamizning muhim g'alabasini nishonlaymiz.
- Ronaldu bilan bog'liq shu kabi holatlarga qanday qaraysiz? Buni u bilan muhokama qilasizlarmi?
- To'g'risini aytsam, o'zimdan, Bernardu va Brunu nomidan aytaman: hech kim bu masalaga bunchalik katta ahamiyat bermaydi. Bunday lahzalar boshqalarda bo'lganidek sodir bo'lib turadi. Menga murabbiy bilan hech qachon muammosi, murakkab vaziyatlari yoki nizolari bo'lmagan, murabbiydan yoki o'zidan hech qachon hafsalasi pir bo'lmagan loaqal bitta futbolchini ayting. Bu har birimiz hayotda duch keladigan tabiiy narsalar. Narsalarga kengroq qaray olish va oldinga harakat qilish muhim, - dedi Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi.



