

Yangi bitim muddati - 2031 yilgacha. Avvalroq xorvatiyalik futbolchi Madridning “Real” jamoasi transfer maqsadlaridan o'rin olgani xabar qilingandi.
Gvardiol 2023 yilning yozidan beri “shaharliklar” sharafini himoya qilib kelmoqda. Xorvatiyalik futbolchi ushbu davr mobaynida Angliya jamoasi safida 122 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Transfermarkt internet portali bergan ma'lumotga ko'ra, futbolchining transfer qiymati 70 mln evroni tashkil etadi.
Avvalroq Yoshko Zagrebning “Dinamo” va Germaniyaning “Leyptsig” jamoalarida faoliyat yuritgan.



