

Marosimda so'zga chiqqan davlat rahbari o'z jamoasining 6 yillik faoliyati yakunlari haqida to'xtalib o'tdi. Uning so'zlariga ko'ra, mazkur davr mobaynida mamlakatda 1075 ta yirik obekt, jumladan maktablar, bolalar bog'chalari, shifoxonalar va madaniyat muassasalari, shuningdek, 521 ta zavod va sanoat korxonasi barpo etilgan.
Japarov, shuningdek, stadion o'rniga zavod yoki fabrika qurish kerak edi, degan fikrlarga ham munosabat bildirdi. U sanoat korxonalari qurilishi davom etayotganini, “Bishkek Arena” ham katta iqtisodiy foyda keltirish salohiyatiga ega ekanini qayd etdi.




Nutqdan so'ng tadbir mahalliy hamda xorijiy sanatkorlar ishtirokidagi koncert dasturi bilan davom etdi.



“Bishkek Arena” Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida barpo etilgan bo'lib, mamlakat tarixidagi eng yirik va zamonaviy ko'p tarmoqli sport majmuasi hisoblanadi.
Taxminan 45 000 – 50 000 tomoshabinga mo'ljallangan bo'lib, koncert va yirik jamoat tadbirlarida (maydon qismini qo'shganda) 60 000 dan ortiq tomoshabinni qabul qila oladi.
FIFA va OFKning eng yuqori 4-toifali (Category 4) talablariga to'liq javob beradi. Bu esa stadionga Jahon chempionati saralashlari, Osiyo Kubogi va boshqa nufuzli xalqaro musobaqalarni qabul qilish imkonini beradi.



Faqat futbol emas, balki ko'p funksiyali arena sifatida loyihalangan. Unda sport musobaqalari, xalqaro forumlar, festivallar hamda mahalliy va jahon yulduzlarining koncert dasturlarini o'tkazish ko'zda tutilgan.
Arena yopiq tomi, ultrazamonaviy yoritish va tovush tizimlari, VIP/VVIP lojalar, matbuot markazi, er osti va ochiq avtoturargohlar hamda katta tijorat hududlarini o'z ichiga oladi.
Jahongir Fayzullayev
Homiylarimiz: CAU, “InfinBank”, “OfoTour”



