Ronald Kuman Natan Ake "Man Siti"ni tark etishi lozimligini aytdi

Administrator
8 okt 2025
Himoyachi uchun nimanidir o'zgartirish foydali bo'lishi mumkin.

Niderlandiya terma jamoasining bosh murabbiyi Ronald Kuman himoyachi Natan Akening ko'proq o'yin amaliyoti olish uchun "Manchester Siti"dan ketishi kerakligini ma'lum qildi.

"Biz bu masalani muhokama qildik. Vaziyat o'zgarishi shart. Kam o'ynab turib terma jamoa safida qolish mumkin emas. Bu borada muntazam o'yin amaliyoti juda muhim," - deya Kumanning so'zlarini keltirmoqda de Telegraaf nashri.

O'tgan mavsumda Ake "shaharliklar" safida 20 ta o'yinda ishtirok etdi, ammo jarohatlar tufayli jamoaning asosiy tarkibidagi o'yinchisiga aylana olmadi. Joriy mavsumda himoyachi klubning olti uchrashuvida maydonga tushdi. Natanning "Manchester Siti" bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt saytining ma'lumotlariga ko'ra, Akening hozirgi transfer narxi 25 million evroni tashkil etadi.


AdministratorMuallif
Manba: de Telegraaf