

– Krishtianu Ronaldu Evrogacha faoliyatini yakunlashi kerakmi?
– Ha. Bilaman, Roberto Martines Ronalduni yaxshi ko'radi, lekin menimcha, bu jahon chempionatida Ronaldu bilan bog'liq vaziyat ancha achinarli bo'ldi. Bir paytlar u gol urishni to'xtatdi, keyin bir nechta goldan so'ng qaytganini aytdi, keyin esa yana yo'qolib qoldi.
Menimcha, Roberto Martines bu vaziyatda noto'g'ri ish qildi. U kattaroq qatiyat ko'rsatishi va jamoani alohida o'yinchidan ustun qo'yishi kerak edi. Ronaldu Evroga tayyor bo'ladi deb o'ylamayman va hozir u Portugaliya uchun bu darajada o'ynashga etarlicha yaxshi deb hisoblamayman.
U xalqaro faoliyatini yakunlashi va yosh o'yinchilarga imkoniyat berishi kerak. Zamonaviy futbol jismoniy jihatdan nihoyatda talabchan, agar sen Messi bo'lmasang, barcha 11 o'yinchi yugurishi va jamoa uchun kurashishi kerak. Ronaldu endi bunday qilmayapti va uning tarkibga kiritilishi portugal jamoasiga yordam berishdan ko'ra, uni kuchsizlantirmoqda, – dedi Riise BestBettingSites nashriga.



