"Real"ning ikki o'yinchisi mashg'ulotda janjallashib ketdi

7 may 2026, 10:10
"Real"ning ikki futbolchisi Valdebebasdagi mashg'ulot vaqtida jiddiy janjallashdi.

Marca nashri xabar berishicha, yarim himoyachilar Federiko Valverde va Orelen Tchuameni "gap talashib" qolgan va bu janjalga aylanib ketishiga oz qolgan.

Manbaga ko'ra, janjal o'yin epizodi vaqtida yuzaga kelgan, futbolchilar kiyim alishtirish xonasida ham bir-biriga baqirishni davom ettirgan.

Yaqinda "Real" himoyachilari Antonio Ryudiger va Alvaro Karreras o'rtasida ham shunday vaziyat yuzaga kelgani haqida xabar berilgan edi.


Manba: Marca