Jurnalist Agirre Mbappe haqida: "Unga nisbatan adolatsizlik qilishmoqda"

Aslanov Jasurbek
6 may 2026, 19:32
Jurnalist Edu Agirre "Real" hujumchisi Kilian Mbappe shaniga aytilayotgan tanqidlarni adolatsiz deb hisoblaydi.

"Mbappega nisbatan adolatsiz munosabatda bo'lishmoqda. Muammo shundaki, biz uni yangi Ronaldu bo'ladi deb o'ylagandik... Krishtianu esa atigi bitta", – dedi Agirre.

Hozirda "Al-Nasr" sharafini himoya qilayotgan Krishtianu Ronaldu 2009 yildan 2018 yilgacha "Real"da to'p tepgan.

Eslatib o'tamiz, “Qirollik klubi”ning joriy mavsumdagi omadsizligidan so'ng ijtimoiy tarmoqlarda Mbappe PSJ va “Real” bilan xalqaro arenada muvaffaqiyatsiz ishtirok etgani haqida turli ma'lumotlar tayyorlanmoqda. Bundan tashqari fransiyalikni “diktator” deb atab, turli memlar yasashmoqda


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Chiringuito TV