"Real"ga "Sevilya" bilan o'yindagi "Bu futbol emas, bu Tebas va Negreyra" banneri uchun jarima solish taklif etildi

17 noya 2026, 23:52
"Real"ga "Sevilya"ga qarshi bellashuvda La Liga prezidenti Xaver Tebasga qarshi ko'tarilgan banner tufayli jarima xavf solmoqda.

Ispaniya chempionati 9-turi doirasida "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tgan uchrashuv (3:0) boshlanishidan avval "Real" muxlislari Tebasning iste'fosini talab qiluvchi hayqiriqlarni yangratishgan, shuningdek, "Bu futbol emas, bu Tebas va Negreyra" yozuvi tushirilgan bannerni yoyishgan edi. La Liga prezidenti hamda Hakamlar texnik qo'mitasi (CTA) sobiq vice-prezidentining familiyalari "Barselona"ning klub ranglariga ishora qilgan holda qizil va ko'k harflar bilan yozilgan.

As nashri xabariga ko'ra, Zo'ravonlikka qarshi kurashish komissiyasi stadionga banner olib kirilishiga yo'l qo'ygani uchun "Real"ni 3001 evro miqdorida jarimaga tortishni taklif qilgan. Ushbu taklif "zarur oldindan xabarnomasiz, shuningdek, yong'inga chidamli materiallardan tayyorlangani haqidagi sertifikatsiz bannerning paydo bo'lishi va namoyish etilishining oldini ololmagan kirish nazorati hamda tomoshabinlar ishtirokini taminlash choralarining etarli emasligi" bilan asoslangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: As