Garet Beyl "Sevilya"ni sotib olishda ishtirok etmoqchi

Sherzod Nurmatov
16 noya 2026, 18:49
Madridning "Real" klubi sobiq futbolchisi Garet Beyl maslahatchi sifatida faoliyat yuritayotgan Amerikaning Juggernaut Capital Partners investiciya fondi "Sevilya"ni sotib olish istagida.

Bu haqda “El Confidencial” xabar bermoqda.

Manbaning yozishicha, Ispaniya klubini xarid qilishga aka-uka Mansur va Hayder Sayedlarga tegishli Saudiya Arabistonining HD Ventures kompaniyasi ham da'vogarlik qilmoqda. Har ikki investiciya birlashmasi "Sevilya"ning 85 foizgacha akciyalarini sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Muzokaralarda Goldman Sachs vositachi sifatida ishtirok etmoqda.

Akciyadorlar klubni taxminan 500 million evroga baholashmoqda. Ushbu summa 60 million evrolik sof qarz va kapitalni 80 million evroga oshirishni o'z ichiga oladi. Ayni paytda potencial xaridorlar klubning moliyaviy hujjatlarini o'rganishmoqda, hozircha yakuniy kelishuvlar mavjud emas.

Avvalroq jamoaning sobiq himoyachisi Serxio Ramos ham "Sevilya"ni sotib olishga urinib ko'rgan, biroq muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangan edi.

Eslatib o'tamiz, 37 yoshli Beyl 2023 yilning yanvarida futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Uelslik futbolchi "Real" safida besh marta Chempionlar Ligasida g'olib chiqqan va uch bor Ispaniya chempioniga aylangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El Confidencial